Qosim-Jomart Tokayev “Ana tili” gazetasiga bergan intervyusida Rossiyani jang maydonida yengilmas deb bilishini ta’kidladi.
Prezidentning so’zlariga ko’ra, Ukraina G’arb ittifoqchilari yordamida mojaroda «hech bo’lmaganda yutqazmaslikka» harakat qilmoqda.
Shuningdek, u Qozog‘iston Ukraina mojarosining boshidanoq tinchlikka erishish uchun muzokaralar tarafdori bo‘lganini ta’kidladi.
“ Biz hech qayerda vositachi boʻlishni soʻramaymiz, oʻzimizni Qozogʻistonning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib yoʻl tutamiz, lekin xalqaro muammolarni hal qilishda yordam berishga doim tayyormiz ”, — deya qoʻshimcha qildi Tokayev.