Nyu-Yorkda ba’zi yo’llar pulli bo’ldi

Nyu-Yorkda ba’zi yo’llar pulli bo’ldi

Nyu-Yorkda markaziy yo‘llarda harakatlanish pulli bo‘ldi.

Bu shahar markaziga kiradigan avtomobillar sonini taxminan 10% kamaytirishi, jamoat transporti uchun 15 mlrd dollar yig‘ishga yordam berishi kutilmoqda. Reja 5 yil ishlab chiqilgan.

Ish kunlari Manxettenning eng gavjum hududlariga kirish 9 dollargacha, kichik yuk mashinalar uchun $14,40, kattaroqlari uchun $21,60 boʻladi.