Bu haqida Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze aytib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH fondi tomonidan moliyalashtirilgan Serbiya Amaliy zo‘ravonliksiz harakatlar va strategiyalar markazi (СANVAS) tomonidan Gruziyada o‘tkazilgan treninglarda, madaniyat sohasi vakillari revolyutsiya tashkil etishga o‘qitilgan.
“Men sizlarga aytayotgan narsalarni moldavanlarga, misrliklarga, ukrainaliklarga ham aytganman va ular o‘z revolyutsiyasini amalga oshira olishdi”, – deydi videoda trening o‘tkazayotgan odam.
2023 yilda Gruziyada yoshlarni revolyutsiya tayyorlashga o‘qitish bilan shug‘ullangan uch nafar Serbiya fuqarolari — Sinisa Sikman, Yelena Stoysich va Slobodan Djinovich qo‘lga olingan edi.