Aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish boʻyicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda oʻrganish olib boriladi.
Oʻrganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlariga ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan boʻlsa, quyidagi choralar qoʻllaniladi:
1. Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.
2. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) toʻxtatiladi.
3. Yer soligʻi uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.