KONKAKAF tashkiloti meksikalik hakam Marko Ortis Navega nisbatan intizomiy chora qoʻlladi.U chempionlik kubogida oʻyinayotgan Lionel Messidan dastxat soʻraganligi uchun jazolandi.
Avvalroq, meksikalik hakam Messidan esdalik uchun futbolka soʻragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqida konkakaf rasmiy bayonotida xabar qildi.
Tekshiruv davomida ma’lum boʻldiki hakam oʻz oila a’zolarining iltimosiga koʻra hujumchidan dastxat qoʻyib berishi mumkinmi deb soʻragan va xulq-atvorga kodeksiga toʻgʻri kelmaydigan harakatlar qilgan.
Hakam oʻz xatosini tan oldi, boʻlib oʻtgan hodisadan uzur soʻradi.KONKAKAF tomonidan belgilangan imtizomiy choralar qoʻlandi.Tashkilot hakamga aniq qanday jazo berilganini hozircha namolum.Messi oʻyinning 56-daqiqasida yagona gol muallifi boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Kanzas-sitidagi bahs -16 C sovuqda boʻlib oʻtdi. Javob uchrashuvi esa 25 fevral kuni boʻlib oʻtadi.