Kecha, 13-mart kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Oqtepa” va “Urganji” mahallarida joylashgan kutubxonada bahor kelishi munosabati bilan katta bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda “Shuhrat” medali sohibasi Marziya Yorqulova, nafaqadagi ustoz Nigora Vafoyeva va Shahzod Fayzullayevlar tashkil etgan ,,San’atim, saodatim!” nomli konsert-dasturi bo’lib o`tdi. Tadbirda tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi ustozlari, mahalla faol nuroniy onaxonlari, o’quvchi-bolajonlari ishtirok etdi.
Konsert dasturidagi 11-maktab o’quvchilari ishtirokidagi turli xil kuy-qo’shiqlar, sahna chiqishlari va bayram tabriklari mehmonlarga havola etildi. Qishloq ayollari uchun taqdim etilgan jonli ijro, jajji ijodkorlarning mahorati, qarsaklar bilan qarshi olindi.
Shuningdek, ushbu kutubxona rahbari Marziya Yorqulovaning kuni kecha davlatimiz rahbarining 8-mart munosabati bilan bir guruh yurtimiz faol xotin-qizlarini taqdirlash borasidagi qarorlari bilan “Shuhrat” medalini olganliklari munosabati bilan tabriklash tashkil etildi. Unda mehmonlar o’zlarining esdalik sovg’alari bilan qutlashdi.
Bundan tashqari, kutubxona tomonidan tashkil etilgan turli xil nominatsiyadagi kitobxonlik g’olib-u g’olibalariga rahbariyat tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alar berildi.
Muqaddas SAIDOVA, «MUHIM24»
Fotomuallif: Jamolbek SALOMOV