Sergelidagi «novostroyka»da yong’in chiqdi

Sergelidagi  «novostroyka»da yong’in chiqdi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sergeli tumanida yangi qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 23 mart kuni soat 09:18 da Sergeli tumani Xonabod ko‘chasida joylashgan, yangi qurilayotgan bino fasad qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 09:24 da yetib borib, yong‘in soat 09:39 da qurshab olingan va soat 09:42 da o‘chirilgan.

«Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.