Pastdagi mp3 orqali xabarni audio shaklda tinglang:
Anqarada Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti ochildi.
Tadbir Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tashabbusi bilan chaqirildi.
Yig‘ilishda tabiiy ofatlar va ularning oqibatlariga qarshi kurashishda hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilinadi, umumiy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakuniga koʻra, Erdogʻan tomonidan katta matbuot anjumani oʻtkazilishi kutilmoqda.