«Eronni hozir tark eting» — AQSh qat’iy ogohlantirish bilan chiqdi!

«Eronni hozir tark eting» — AQSh qat’iy ogohlantirish bilan chiqdi!

AQShning Eron bo’yicha virtual elchixonasi 12-yanvar kuni yangi xavfsizlik ogohlantirishini e’lon qildi. Unda amerikalik fuqarolarga «Eronni hozir tark eting» deb qat’iy tavsiya berilgan. Chiqish uchun asosan Armaniston yoki Turkiya orqali quruqlik yo’llari ko’rsatilgan.

Bunga sabab sifatida quyidagilarni taxmin qilish mumkin:

Hozirda ko’plab aviakompaniyalar Eron bilan parvozlarni cheklab yoki butunlay to’xtatgan. Mamlakatda internet va aloqa uzilishlari hamon davom etmoqda. Namoyishlar butun mamlakat bo’ylab kuchayib, zo’ravonlikka aylanishi katta ehtimolga aylanib boryapti.

Ba’zi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko’ra, Erondagi namoyishlarda 600dan ortiq o’lim qayd etilgan. Amerika asosan bu namoyishlarni bostirish uchun Eron hukumati qattiq choralar ko’rishi, oqibatda transport tizimi ishdan chiqishi, yo’llarning buunlay yopilishidan xavotirga tushgan. Bundan tashqari, Eron hukumati ikki fuqarolikni tan olmaydi, mamlakatda esa AQSh-Eron fuqaroligiga ega shaxslar bor. Agar ular AQSh pasportini ko’rsatsalar Eron buni tan olmaydi va ularni o’z fuqarolari sifatida va asosiy gumonlanuvchi deya hibsga olishi mumkin.

Yana bir passiv, ammo ehtimoliy taxmin ham bor. Bu Tramp ma’muriyati Eronning namoyishlarni bostirishiga qarshi harbiy javob variantlarini ko’rib chiqayotgani. Agar bu amalga oshsa katta mojaro boshlanadi.

Jamolbek SALOMOV, «MUHIM24»