Mahalla jamg‘armasi va yettilik: hayotdagi amaliy natijalar

Mahalla jamg‘armasi va yettilik: hayotdagi amaliy natijalar
Fotoda: Paxtachi tumani «Qarnobota» mahallasi / muallif: Jamolbek Salomov – 2022-yil

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi tubdan oshirilmoqda. Xusu­san, Davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil 21-dekabr kuni mahalla boshqaruv tizimini takomillashtirish va “mahalla yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan muhim hujjatlar – “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon ham­da “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshim­cha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Mazkur Farmon va Qaror bilan mahalla tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan bir qator muhim masalalarga yechim topildi. Avvalo, sohada alohida maxsus organ sifatida O‘zbekiston ma­hallalari uyushmasi hamda uning viloyat va tuman bo‘linmalari tashkil etilib, ularning asosiy vazifalari aniq belgilab berildi.
Shuningdek, mahallani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Res­pub­lika, viloyat­lar va tuman (shahar) kengashlari tash­kil etilib, ushbu kengashlarga bevosita viloyat va tuman (shahar) hokimlari rah­bar etib belgilandi. Kengashlar tarkibiga “mahalla yettiligi”ga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari jalb etilib, mahalla boshqaru­vida yago­na vertikal tizim yaratildi.
Bundan tashqari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, profilak­tika va soliq ins­pek­torlarining aniq vazi­fa­lari belgilandi hamda ular bir butun jamoa sifatida faoliyat yurita boshladi. Xususan, 67 turdagi yor­dam va subsi­diya­larni tayinlash “mahalla yettiligi”ning kollegial qa­rori asosida amalga oshirili­shi belgilandi. Natijada moddiy yor­dam ajratishning avvalgi 5 bosqichli tartibi 3 bosqichga qisqar­tirildi.
Shu bilan birga, mahalla budjeti shakl­lan­tirilib, endilikda unda jamlana­di­gan mablag‘larni “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida hudud infra­tu­zil­masini yaxshilashga yo‘naltirish imko­ni­yati yaratildi.
Mazkur Farmon va qarorlarda belgi­lan­gan ustuvor vazifalar ijrosini ta’min­lash maqsadida O‘zbekiston mahalla­lari uyushma­si­ning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida O‘zbekiston ma­hal­la­lari uyushmasining Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan tuman hududidagi 4 ta sektor va 51 ta mahallada aholi muammo­larini aniqlash hamda ularni man­zilli hal etish, “mahalla yettiligi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustah­kam­lash, yoshlar bilan ishlash, shuning­dek, aholi bandligini ta’­min­lash tizimini samarali tashkil etish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli tashkiliy-uslubiy ishlar amalga oshirildi.
Mazkur jarayonlarda, eng avvalo, aholining demografik va ijtimoiy holati, ta’lim va ijtimoiy soha obyektlari bilan bog‘liq jami 25 ta yo‘nalish, 401 ta ko‘r­satkich asosida har bir mahallaning alo­hida balansi shakllantirildi. Bu esa ma­hallalar kesimida mavjud muam­mo­larni aniqlash va ularni manzilli hal etish imkonini berdi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, bugungi kunda Paxta­chi tumanida jami 51 ta mahal­la mavjud bo‘lib, ularda 36 ming 609 ta xonadon, 49 ming 393 ta oila istiqomat qiladi. Tuman aholisi soni 161 ming 758 nafarni tashkil etadi. Ush­bu ko‘rsatkichlar mahalla tizi­mi orqali aholi bilan ishlashda mas’uliyatni yanada oshirish­ni taqozo etadi.
Shu asosda, mahallalarda mavjud muammolarni sektor rahbarlari ishtiro­ki­da joyiga chiqqan holda o‘rganish, “ma­halla yettiligi” a’zolari bilan doimiy ishchi guruhlar tashkil etish, aholi murojaat­la­ri­ni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijrosi­ni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish

2025-yilda Paxtachi tumanida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish ham­da tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari “mahalla yettiligi” faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Bu borada ma­hallalarda manzilli yondashuv asosi­da aniq natijaga qaratilgan ishlar olib borildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Paxtachi tumani bo‘yicha joriy yilda 1 ming 730 ta oilani, ya’ni 7 ming 925 nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilib belgilangan edi.
Amalda esa bu ko‘rsatkichlar sezilarli darajada ortig‘i bilan bajarildi. “Mahalla yettiligi” hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda 3 ming 269 ta oila va ulardagi 13 ming 880 nafar aholi turli xizmatlar bilan qamrab olinib, rejaga nisbatan mos ravishda 189 va 175 foizlik natijaga erishildi. Jami 5 ming 473 ta xizmat ko‘rsatildi.

Eng muhimi, ko‘rilgan chora-tadbirlar aho­li­ning kundalik hayo­tida o‘z ifodasini top­di. Jumladan, 1 ming 905 nafar fuqa­ro doimiy ish joyiga ega bo‘ldi, 1 ming 50 nafar aholiga imtiyozli kreditlar aj­ra­tildi. Shuningdek, 143 nafar fu­qaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qi­ti­lib, 2 ming 249 nafar aholi tadbirkorlik faoli­ya­ti­ga jalb etildi. Qo‘shimcha ravishda 126 na­far aholiga ssuda va subsidiyalar ajratildi.
Yangi yondashuvlar asosida olib boril­gan ishlar ham ijobiy samara berdi. Xu­su­san, 21 ta oilaga o‘rmon fondi yer­la­rida o‘r­mon va ko‘chatxonalar tash­kil etish, dori­vor o‘simliklar hamda qishloq xo‘jaligi mah­sulotlarini yetishtirish uchun jami 22 gek­tar yer maydoni ajratib berildi. Shuning­dek, 2 ta oila boshqaruv servis kompa­niya­lari hududlarini obo­don­lashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb etildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida tumanda reyestrga kiritilgan 5 ming 483 ta oila va ulardagi 22 ming 392 nafar aho­li­dan 4 ming 73 ta oila va 16 ming 668 nafar aholi kambag‘allikdan chiqa­ril­di. Natijada kambag‘al oilalar soni 1 ming 410 taga, ular­dagi aholi soni esa 5 ming 724 na­farga tushdi. Kambag‘allik darajasi 7,9 foizdan 3,7 foizga pasay­ti­ri­li­shiga erishildi.
Bu natijalar mahalladagi har bir muam­moga alohida e’tibor qaratilgani, ish­larni raqam uchun emas, inson man­fa­ati uchun olib borilganining yaqqol ifodasidir.

Jinoyatchilikdan holi hududlarni shakllantirish

Mahallalarda tinchlik va osoyish­ta­likni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘lib kel­moqda. Shu bois 2025-yil da­vo­mida Paxtachi tumanidagi barcha mahallalarda huquqbuzarliklarning bar­vaqt oldini olish, xavf omillarini aniqlash va ularni bartaraf etish­ga qaratilgan manzilli choralar amal­ga oshirildi.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yil davomida tu­man­dagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘in­la­ri­ning 35 tasida jinoyat holatlari qayd etil­gan. Shundan kelib chiqib, har bir mahalla holati alohida o‘rganilib, ularning ijtimoiy-kriminogen vaziyatiga qarab, toifalarga ajratildi. Jumladan, 23 ta mahalla (45,1 foiz) “yashil”, 22 ta mahalla (43,1 foiz) “sariq” va 6 ta mahalla (11,7 foiz) “qizil” toifaga kiritildi.
Mazkur tasnif asosida “qizil” va “sa­riq” toifadagi mahallalarda profilaktika tad­birlari kuchaytirilib, huquqni muho­fa­za qi­luv­chi organlar, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda jamoatchilik vakillari ish­ti­rokida aniq rejalar asosida ish olib borildi. Xusu­san, aholining bandligini ta’minlash, yosh­lar bilan individual ish­lash, nizoli oilalarni aniqlab, ular bilan manzilli profilaktik suh­batlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallalarda “xavf gu­ru­hi”ga kiruvchi fuqarolar ro‘yxati shakl­lan­tirilib, ular bilan doimiy ravishda ish olib borildi. Bu borada profilaktika ins­pek­torlari, mahalla raisi va faollari o‘rta­si­dagi ham­korlik yanada mustahkam­landi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar na­ti­­jasida jinoyatchilikka moyil hududlarni bos­qichma-bosqich barqaror mahalla­lar qato­riga o‘tkazish, eng asosiysi, aholi orasida qonunga hurmat va ja­moat­chilik nazora­ti­ni kuchaytirishga erishildi.

Ajrimdan holi hududlarni shakllantirish

Oila – jamiyat tayanchi. Shu bois Pax­tachi tumanida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish masalalari ham doimiy e’tibor mar­ka­zida bo‘l­di. Joriy yil davomida bu yo‘na­lishda “mahalla yettiligi” hamda tegishli tashki­lot­lar bilan hamkorlikda tizimli va manzilli ishlar olib borildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davo­mi­da tuman bo‘yicha jami 197 ta oilaviy ajrim qayd etilgan bo‘lib, shundan 107 tasi 30 yoshgacha bo‘lgan oilalar hissa­si­ga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 63 ta ajrim FHDYO or­gan­lari tomonidan, 134 tasi esa sud tarti­bida rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, tu­man hududidagi 51 ta mahallada oilaviy barqa­ror­likni ta’minlashga qaratilgan tar­g‘ibot va profilaktika tadbirlari kuchay­ti­ril­di.
Eng muhimi, bu tadbirlar quruq sta­tistik ko‘r­satkichlar bilan cheklanib qol­ma­di. Nati­jada ajrim yoqasiga kelib qol­gan 128 ta oila bilan manzilli va indivi­dual ishlar olib borildi hamda 98 ta oila yarash­tirildi. Bun­dan tashqari, 5 ta erta nikohning oldi olindi va 6 ta mahalla ajrim­dan holi hudud sifa­ti­da shakllan­tirildi.
Bu ko‘rsatkichlar oilaga bo‘lgan e’ti­bor, muam­moga befarq bo‘lmasdan, har bir holatga insoniy yondashil­gani­ning yaqqol dalilidir. Oldimizda turgan aso­siy vazifa esa – ajrimlarning oldini olish bo‘yicha bu ishlarni izchil davom etti­rish, yosh oilalar bilan ishlashni yanada kuchaytirishdan iborat.

Mahalla raislarining bilim va malakasini oshirish – samarali boshqaruv garovi

Bugungi kunda mahallada olib borila­yot­gan ishlarning samaradorligi, eng av­va­lo, mahalla raisi va “mahalla yetti­ligi” a’zo­larining bilim va tajribasiga bog‘liq. Shu bois Paxtachi tumanida mahalla rais­larining bilim, malaka va amaliy ko‘nik­ma­la­rini oshirish masa­la­si­ga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yil davomida viloyat hokimligi hu­zu­ridagi Mahalla fuqarolar yig‘ini rais­la­rini tay­yorlash va malakasini oshirish mar­ka­zida jami 35 nafar mahalla raisi­ning ma­la­ka­si oshirildi. Ushbu o‘quv ja­ra­yon­la­rida rais­lar mahallada boshqa­ruv­ni tashkil etish, aholining muam­mo­lari bilan ishlash, hujjatlar yuritish, ijti­mo­iy himoya va profi­lak­tika yo‘nalishlarida zamonaviy yonda­shuv­lar bilan tanish­ti­ril­di.
Bundan tashqari, O‘zbekiston ma­hal­la­lari uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan “mahalla yettiligi” faoliyatini sa­marali tash­kil etishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘l-lan­malar muntazam ravish­da mahal­la­lar­ga yetkazib berilmoqda. Bugungi kunga qa­dar ushbu yo‘nalish­da 3 ta uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Mahallalar jamg‘armasi va daromad-Xarajat ishlari – aholi farovonligi uchun vosita

Paxtachi tumanidagi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi faoliyati joriy yil davomida se­zilarli natijalar berdi. Jamg‘arma mab­lag‘­lari bo‘yicha jami tushum 2.259,0 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ulardan 1.495,1 mln so‘m sarflanib, qolgan 763,2 mln so‘m (ya’ni 66 foizi) kelajakdagi ish­lar­ga tejab qo‘yildi. Bu ko‘rsatkich mahal-lalarda mablag‘larni samarali va oqilona boshqarilayot­ga­ni­dan dalolat beradi.
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 25- iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mahallalar qi­yo­fasini tubdan yaxshilashga doir qo‘­shim­cha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 234-sonli qaroriga asosan, joriy yil da­vo­mida 7 ta “mahalla servis kompa­niya­si” tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tka­zil­di. Ushbu kom­pa­niyalar mahallani obodonlashtirish bo‘­yi­cha zarur texnik vositalar bilan ta’min­la­nib, har bir kom­pa­niyada 8-10 nafar ishchi faoliyat bosh­ladi. Natijada, mahallalardagi obo­don­lashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa xizmatlar sifat jihatdan oshdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo‘limiga Prezident Virtual qabulxonasi orqali 2025-yil davo­mi­da jami 610 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 464 tasi ijobiy hal etilgan, 13 tasiga tushuntirish berilgan, 118 tasiga huquqiy ma’lumot berish orqali yechim topil­gan. Murojaatlarning mazmuni esa quyidagicha:
[ 412 tasi 18 yoshgacha va 18 yoshdan kattalar uchun moddiy yordam masalalari,
[ 79 tasi bir martalik moddiy yordam,
[ 35 tasi mahalla raisining faoliyatidan norozilik bildirish,
[ 23 tasi uy-ta’mirlash masalalari,
[ 61 tasi boshqa turli masalalar.
Mazkur natijalar shuni ko‘rsatadiki, ma­halla jamg‘armasi va mahalla servis kom­paniyalari orqali aholining kundalik mu­am­molari tezkor va samarali hal etil­moq­da. Har bir murojaatga shoshilinch va amaliy javob berish, mahalla xizmat­larini yanada sifatli qilish – mahallani haqiqiy ijtimoiy muammo yechish mar­ka­ziga aylantirish­ga xizmat qilmoqda.

Natija va kelajak vazifalari

2025-yil davomida Paxtachi tumani­da­gi mahallalar faoliyati aholi farovon­ligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy muam­mo­larni yechish va jamiyatda mahalla institutining ro‘lini kuchaytirishga qaratil­gan muhim ishlar bilan boyitildi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, aholi band­ligi ta’minlandi, kam ta’minlangan oila­lar moddiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlandi, tadbirkorlik va hunarmand­chi­likni rivojlan­ti­rishga ko‘mak berildi. Mahallalarda ajrim­dan holi hududlar soni oshirilib, oilaviy qadriyatlar mustah­kam­landi. Shuningdek, “Madaniyat va ma’rifat oyligi” tadbirlari orqali aholi ma’naviy hayotini boyitish va yoshlarni ijtimoiy faoliyatga jalb qilish borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy mu­am­molarini hal etish jamg‘armasi mab­lag‘lari samarali boshqarilib, ma­halla­larda obo­don­lashtirish va ko‘ka­lam­zor­lash­tirish ish­lari doimiy ravishda olib borilmoqda. Pre­zi­dent Virtual qabulxo­na­si orqali kel­gan murojaatlar ham o‘z vaqtida va amaliy yechim topmoqda.
Kelgusida, Paxtachi tumanidagi ma­hal­­la­lar faoliyatini yanada takomillash­tirish, mahallalarning moliyaviy barqa­ror­ligini oshirish, aholining turmush da­ra­jasini ko‘tarish va mahallani haqiqiy ijtimoiy muammo yechish markazi sifati­da rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
Shu bilan birga, tumanimizdagi har bir mahalla jamoasi aholi bilan yanada yaqin aloqada bo‘lib, jamiyatdagi ijti­mo­iy birdamlikni mustahkamlashda faol bo‘lishi lozim.
Rahbar sifatida shuni alohida ta’kid­la­moqchiman: mahalla – na­fa­qat mahal­liy boshqaruv, balki har bir fuqaroning ishonchli hamkoridir. Shu ishonch va mas’uliyat bilan biz 2026-yilda ham aholi farovonligi yo‘­lida samarali ishlarni davom ettiramiz.

Farhod KENJAYEV,
Mahallalar uyushmasi
Paxtachi tuman bo‘limi rahbari.