«Axios» nashrining yozishicha, Tramp ma’muriyati Eron bilan haftalar davom etishi mumkin bo’lgan urushga tayyorgarlik ko’rmoqda. urush «juda yaqin orada» boshlanishi mumkin, deydi nashr maqolasida.
Isroil manbalariga ko’ra, Isroil hukumati bir necha kun ichida urush ehtimoliga tayyorlanmoqda. Amerika manbalari hal qiluvchi jang haftalab davom etishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Oq uyda sabr-toqat ham tobora tugayapti, deyiladi manbalarda.
Bu urushga tayyorgarlik sifatida AQSh harbiy-havo kuchlarining kamida 12ta F-15 qiruvchi samolyoti Britaniyaning Lakenheath aviabazasidan chiqib, Yaqin Sharqqa yo’l olgani, oxirgi haftalarda Yevropaning bir nechta davlati elchixonasi xodimlari ham Eronni tark etib, o’z joylarida faqat zarur xodimlarni qoldirayotganini ham ko’rishimiz mumkin.
