Poytaxtdagi tirbandlikni shaxsiy mashidada yurish narxlari pastligini aytgan «zam hokim» nima demoqchi?

Poytaxtdagi tirbandlikni shaxsiy mashidada yurish narxlari pastligini aytgan «zam hokim» nima demoqchi?

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyevning «poytaxtdagi tirbandliklarga shaxsiy avtomobillarda yurish narxining pastligi sabab bo‘lmoqda», degan gapi rosa muhokama bo‘lyapti.

Xo‘sh, u nima demoqchi, o‘zi?

U masalaning mohiyati iqtisodiy nuqtayi nazardan talqin qilmoqchi bo‘lgan.

​Hokim o‘rinbosarining bu fikri ortida «demotivatsiya», ya’ni rag‘batni so‘ndirish strategiyasi yotibdi.

Agar shaharda shaxsiy mashinada yurish, ya’ni benzin, to‘xtash joyi, soliqlar arzon bo‘lsa, odamlar jamoat transportidan ko‘ra o‘z mashinasini afzal ko‘raveradi.

​Dunyoning ko‘plab megapolislarida masalan, London yoki Singapurdagi shahar markaziga kirish pullik yoki «parkovka» juda qimmat. Bu bilan odamlarni majburan avtobus yoki metroga o‘tkazishga harakat qilinadi.

Mashinadan voz kechgan odam metro yoki avtobusda qiynalmay, o‘z vaqtida manzilga yetib borishi kerak.

Ammo biz bunga tayyormizmi?

Agar muqobil yo‘l sifatli bo‘lmasa, narxni oshirish faqat xalqning cho‘ntagiga zarar bo‘ladi.

​Bizda avtomobil hali ham hashamat emas, balki ehtiyoj. Ko‘pchilik uchun mashina — tirikchilik yoki oilaviy qulaylik vositasi.

​Xullas, amaldor tirbandlikni «ko‘chalarni kengaytirish» emas, balki «haydashni qimmat qilish» orqali kamaytirish kerakligiga sha’ma qilgan.

Bu esa haydovchilar orasida «muammoni yechish emas, cho‘ntakka yuklama berish» sifatida qabul qilinishi turgan gap.

Shunaqa gaplar-da..

Jamolbek Salomov tayyorladi