Toshkentga Lola uchun 5 mlrd. so‘m berilyapti

Toshkentga Lola uchun 5 mlrd. so‘m berilyapti

Toshkent shahar mahalliy byudjetidan lola piyozlari va daraxt ko‘chatlari xaridi uchun 5,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt infratuzilmasini va yashil hududlarini rivojlantirish hamda obodonlashtirish maqsadida navbatdagi yirik moliyaviy mablag‘larni ajratdi. Ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yil birinchi chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan qoplangan.

Hujjatga ko‘ra, jami 5 513 100,0 ming so‘m (5,5 mlrd so‘m) miqdoridagi mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son farmoni ijrosini ta’minlash, xususan, 2026-yilda lola piyozlari va manzarali daraxt ko‘chatlarini xarid qilish maqsadida yo‘naltirilgan.

Mablag‘larning idoralar va tumanlar kesimida taqsimlanishi:

  • Alohida ahamiyatga ega ko‘chalarni obodonlashtirish boshqarmasi — lola piyozlari xaridi uchun 2 270 000,0 ming so‘m;

  • Bektemir tumani obodonlashtirish boshqarmasi — tuman hududiga ekiladigan manzarali daraxt ko‘chatlari xaridi uchun 1 304 000,0 ming so‘m hamda lola piyozlari uchun 36 500,0 ming so‘m;

  • Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi — lola piyozlari xaridi uchun 728 000,0 ming so‘m;

  • Mirzo Ulug‘bek tumani — lola piyozlari xaridi uchun 145 700,0 ming so‘m;

  • Mirobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlari — lola piyozlari xaridi uchun har bir tumanga 109 300,0 ming so‘mdan;

  • Yashnobod tumani — lola piyozlari xaridi uchun 87 400,0 ming so‘m;

  • Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi — lola piyozlari xaridi uchun 30 600,0 ming so‘m.

Ushbu grafik asosida amalga oshiriladigan ekish ishlari poytaxt tumanlarining estetik ko‘rinishini yaxshilash va yashil maydonlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.