Dunyo okeanlarida suv harorati rekord darajaga yetdi.
Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Bu dunyoda ekstremal ob-havo sharoitlariga olib kelishi mumkin, deya ogohlantirmoqda olimlar.
Aprel oyining boshidan beri okean yuzasining oʻrtacha harorati 21,1° ni tashkil etgan, bu 2016-yilda qayd etilgan 21° dan yuqori. Iqlimshunoslarning taʼkidlashicha, okean yuzasi haroratining oshishi global boʻronlar va muzliklarning erishi xavfini oshiradi.