Rossiyada migrantlarga ishlashda bir qator cheklovlar taklif etilmoqda

Rossiyada migrantlarga ishlashda bir qator cheklovlar taklif etilmoqda

Rossiya davlat Dumasiga migrantlarning bir qator sohalarda ishlashini taqiqlash loyihasi kiritildi

Bular:

▪️sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari;
▪️maktab taʼlim tizimi;
▪️dori vositalari savdosi;
▪️yoʻlovchi taksi va yuk tashish.

Bunga nozik ijtimoiy sohalarda xorijlik ishchilarning malakasiz mehnati foydadan koʻra koʻproq zarar keltirishi sabab qilib keltirilgan.

Hujjat Duma maʼlumotlar bazasida joylashtirilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.