Yangi “katta uchlik” nimalarni shivirlashdi?

Yangi “katta uchlik” nimalarni shivirlashdi?

Siz ham ko‘ryapsizmi?

Bu uchalasining uchrashuvi butun dunyo diqqatini tortmoqda. Rossiya prezidenti Vladimr Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Xitoy rahbari Xi Jinpin. Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Bu – Rossiya, Hindiston va Xitoy rahbarlarining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SCO) sammitidagi uchrashuvi, bu global savdo, energiya xavfsizligi va AQSh bosimiga qarshi strategik hamkorlikni ko‘rsatadi.

Sammitda Putin va Modi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgan, keyin esa Xi Jinping bilan uch tomonlama uchrashuv bo‘lgan. Bu uchrashuvlar savdo, neft importi va global tartibni muhokama qilish asosiy masalalar bo‘lgan.

AQShning tarif siyosati (Tramp davrida kuchaygan) Hindistonni Rossiya neftidan voz kechishga undamoqda, ammo Hindiston bu bosimga qarshilik ko‘rsatmoqda. Menimcha, bu «uchlik» (Modi-Xi-Putin) global ko‘p qutblilikni mustahkamlashga qaratilgan va Hindistonning diversifikatsiya strategiyasini (Rossiya va Xitoy bilan yaqinlashish, lekin G’arb bilan ham muvozanatni saqlash) ko‘rsatadi.

Ammo Hindistonning Xitoy bilan ham ko‘ndalang turgan Galvan voqeasi kabi masalasi borligi hozircha geosiyosatchilarni ancha ikkilantirib qo‘ymoqda.

Jamolbek SALOMOV