«Sen qulsan, ruslarning qulisan!» – bong urgan video bo’yicha O’zbekiston tomoni nota yubordi

«Sen qulsan, ruslarning qulisan!» – bong urgan video bo’yicha O’zbekiston tomoni nota yubordi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (TIV) avgust oyida Rossiyada o‘zbekistonlik deb taxmin qilingan taksi haydovchisi bilan bog‘liq mojaro yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, notada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish so‘ralgan. Videoda Moskva yaqinidagi Ximki shahridagi turar joy majmuasida o‘rta yoshli erkakning taksi haydovchisini haqorat qilgani aks etgan. Mahalliy fuqaro haydovchiga: “Sen qulsan, ruslarning qulisan! Og‘zingni ochma” va “O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan. Sen o‘z uyingda emassan, ishlashga kelgansan, ishingni qil” deb baqirgani eshitiladi. Video davomida erkak bir necha bor so‘kingan.

Taksi haydovchisi esa xotirjamlik bilan erkakdan tinchlanishni so‘ragan va avtomobilga o‘tirib jo‘nab ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mojaro taksi mashinasining turar joy binosi hovlisiga kirishni qisqa vaqtga to‘sib qo‘ygani tufayli boshlangan.

TIV o‘z xabarida fuqarolarni O‘zbekistonning himoyasida ekanligini ta’kidlab, quyidagi bayonotni e’lon qildi:

“Hurmatli vatandoshlar, sizlarga yana bir bor eslatib o‘tamiz. O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qat’iy nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi”.

Vazirlik ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axboro vositalarida tarqalayotgan ma’lumotlarni doimiy ravishda kuzatib borishini va aniqlangan holatlar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning vakolatli idoralari bilan yaqin hamkorlik qilishini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiston Konstitutsiyasi, milliy qonunlar va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga asosan himoya qilinishini ta’kidladı.

O‘zbekiston TIV Rossiyada o‘zbekistonlik taksi haydovchisiga nisbatan yuz bergan haqoratli mojaro yuzasidan tezkor choralar ko‘rmoqda. Vazirlik fuqarolarni himoya qilish va shunga o‘xshash holatlarning oldini olish maqsadida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Ushbu voqea fuqarolarning xavfsizligi va hurmatini ta’minlash bo‘yicha davlatning qat’iy pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlaydi.