JCH–2026: O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘piga AQSH vizasi berilmagani ma’lum bo‘ldi

JCH–2026: O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘piga AQSH vizasi berilmagani ma’lum bo‘ldi
Foto: UFA

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionati startiga sanoqli kunlar qolgan bir vaqtda, o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun noxush xabar e’lon qilindi. BBC tahlillariga ko‘ra, mundialga borishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik ishqibozlarning yarmidan ko‘pi AQSH vizasini olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Mundialda ishtirok etayotgan qator mamlakatlar muxlislarining katta qismiga viza rad etilgan yoki sayohat cheklovlari sababli turnirga borish imkoniyati cheklangan.

Rad javobini olgan davlatlar: Senegal yetakchi, O‘zbekiston ham ro‘yxatda

BBC taqdim etgan tahliliy ma’lumotlar 2024-yil oktyabridan 2025-yil sentyabr oyi oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Shu sababli, so‘nggi sakkiz oy ichida ariza topshirgan muxlislarning ko‘rsatkichlari bu hisobotga kiritilmagan.

Viza rad etish ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan 11 ta mamlakat ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Senegal – viza so‘rovlarining qariyb 80 foizi rad etilgan (eng yuqori ko‘rsatkich);

  • Gana va Kongo DR – ro‘yxatda keyingi o‘rinlarda;

  • O‘zbekiston – muxlislarning yarmidan ko‘piga (50%+) rad javobi berilgan.

Shuningdek, ushbu ro‘yxatdan Ekvador, Misr, Gaiti, Jazoir, Kabo-Verde, Iordaniya va Eron kabi davlatlar ham joy olgan.