«3ta O’zbekistonga yetadigan gazimiz bor…», degan sobiq vazir Alisher Sultanov tizimga qaytdi

«3ta O’zbekistonga yetadigan gazimiz bor…», degan sobiq vazir Alisher Sultanov tizimga qaytdi

3 ta Oʻzbekistonga yetadigan gazimiz bor, degan vazir tizimga qaytdi

Sobiq energetika vaziri Alisher Sultanov prezidentning neft, gaz, kimyo va energetika masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan.

Alisher Sultanov (1967-yilda tugʻilgan) A. F. Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan (1989). 1996−1998-yillarda “Oʻzneftqaytaishlash” kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boʻyicha shartnomani bajarish boʻyicha direksiyasining uskuna va qurilmalarni tayyorlash hamda qabul qilishni nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

1998−1999-yillarda Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida bosh mutaxassis, 1999−2002-yillarda — “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi Shoʻrtan qurilishi boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan.

“Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” unitar shoʻba korxonasiga rahbarlik qildi (2002−2013). 2013−2015-yillarda “Oʻzbekneftgaz” Prognozlashtirish, resurslar va investitsion dasturlar bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari, 2015−2018-yillarda — “Oʻzbekneftgaz” boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

Yodingizda bo’lsa, u 2019-yilning fevralida Energetika vazirligiga rahbarlikka tayinlangandi va 2022-yilga kelib Prezident farmoniga asosan, Alisher Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan energetika vaziri lavozimidan ozod etilgandi.

U 2021-yilda «Amerika ovozi» mustaqil internet nashriga bergan intervyusida oʻzbek gazi haqidagi savollarga javob bera turib, 3 ta Oʻzbekistonni boqishga yetadigan gaz zaxirasi borligini aytgandi.

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qöriqlaş xizmatlarining sifati, texnologik darajasi va hududiy qamrovini tubdan oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi. Sohada Milliy gvardiyaning vakolatlarini kengaytiriş, xususiy sektor iştirakini rağbatlantiriş hamda sun’iy intellekt va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) imkoniyatlaridan foydalaniş orqali jamoat va mulk xavfsizligini yangi bosqiçga olib çiqiş nazarda tutilmoqda.