Navoiy shahar Obodonlashtirish sobiq boshligʻi lavozimiga tiklandi

Navoiy shahar Obodonlashtirish sobiq boshligʻi lavozimiga tiklandi

Navoiy shahar hokimi 2021 yilda 1 milliard 53 million so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgan Obodonlashtirish boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yusuf Tursunovni lavozimiga qaytardi. Bu haqda shahar hokimi Murodxon Egamqulovning 2023 yil 21 iyun kuni imzolangan qarorida keltirilgan.

Tursunov Navoiy shahar sudining 2021 yil 4 martdagi hukmiga asosan, JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va qator moddalarni qo‘llagan holda 1 yil 6 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilingandi.

Shuningdek, unga nisbatan oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil 7 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Endilikda Yusuf Tursunov Navoiy shahar hokimi Murodxon Egamqulovning 2023 yil 21 iyundagi qarori bilan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga qayta tayinlandi.

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qöriqlaş xizmatlarining sifati, texnologik darajasi va hududiy qamrovini tubdan oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi. Sohada Milliy gvardiyaning vakolatlarini kengaytiriş, xususiy sektor iştirakini rağbatlantiriş hamda sun’iy intellekt va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) imkoniyatlaridan foydalaniş orqali jamoat va mulk xavfsizligini yangi bosqiçga olib çiqiş nazarda tutilmoqda.