Bulung‘urda tug‘ilgan ukrainalik amaldor Ukraina mudofaa vaziri bo‘lishi mumkin

Bulung‘urda tug‘ilgan ukrainalik amaldor Ukraina mudofaa vaziri bo‘lishi mumkin

Ayni damda mudofaa vaziri vazifasini bajarib kelayotgan Aleksey Reznikov yaqin orada iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqida ukrainalik deputat Yaroslav Jeleznyak ma’lum qilgan. Jeleznyakning so‘zlariga ko‘ra hozirda davlat aktivlari fondi rahbari Rustem Umerov bu lavozimni egallashi kutilmoqda.

Vikipediyadagi ma’lumotlarga ko’ra, Restem Umerov 1982 yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur shahrida, Alushta shahridan ko‘chib kelganlar oilasida tug‘ilgan. Otasi – Enver Umerov, texnologik muhandis. Onasi – Meryem Umerova, kimyo muhandisi.

1944-yil 18-mayda Umerovlar oilasi Qrimdan Oʻrta Osiyoga deportatsiya qilindi. Ellik yil o‘tib, 1980-yillarning oxirida Qrim tatarlarini vataniga qaytarish boshlanganida, Umerovlar oilasi Qrimga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Rustem Umerov oilali, ikki farzandi bor.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.