SamDUning Kattaqoʻrgʻon filiali faollar zalida beton plita qulab tushdi

SamDUning Kattaqoʻrgʻon filiali faollar zalida beton plita qulab tushdi

SamDUning Kattaqoʻrgʻon filiali faollar zalida beton plita qulab tushdi.

Oqibatda 2 nafar 1-kurs talabasi plita boʻlaklari tegib, yengil jarohat oldi, deb xabar berdi Samarqand davlat universiteti.

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur ko‘chasi 27-uyda joylashgan o‘quv binosi sobiq Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi binosi uchun qurilgan bo‘lib, 2008-yilda foydalanishga topshirilgan.

2008-2018-yillarda Samarqand Davlat Chet tillari Instituti qoshidagi akademik litsey sifatida, 2019-2021-yillar davomida Kattaqo‘rg‘on shahar 7-maktabi faoliyat olib borgan.

2021-yilda Samarqand davlat universiteti Katttaqo‘rg‘on filiali tashkil etilishi munosabati bilan mazkur bino filial balansiga o‘tkazilgan.

2023-yil 4-sentyabr kuni soat 9:28 da mazkur binoning faollar zali tomidan, sahna qismining o‘ng burchagidan 1 dona plita talabalar va o‘qituvchi bo‘lmagan joyga tushib ketgan. Natijada 2 nafar 1-kurs talabasi plita bo‘laklarining tegishi natijasida yengil tan jarohati olgan. Ushbu talabalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, xabarda talabalarning umumiy ahvoli yaxshi ekanligi ta’kidlangan va asossiz ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda sizdirmaslik so’ralgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.