Ellikqal’ada 13 yashar qizchaning nomusiga tekkanigi borasidagi video tasdig’ini topdi

Ellikqal’ada 13 yashar qizchaning nomusiga tekkanigi borasidagi video tasdig’ini topdi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlardagi Ellikqalʼada 13 yashar qizning nomusiga tegilganligi haqidagi videomurojaat tarqalgan edi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi holatni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Ellikkalʼa tumani “Amirobod” OFYda yashovchi fuqaro 30.08.2023-yilda tuman IIBga murojaat qilib, 2010-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan nevarasi T.S.ni Ellikkalʼa tumani “Amirobod” OFYda yashovchi qoʻshnisi Z.Sh. qoʻrqitish va zoʻrlik ishlatish orqali nomusiga tekkanligi sababli, Z.Sh.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur holat Respublikasi prokurori tomonidan joyida oʻrganilib, sud tibbiyot ekspertizasining 05.09.2023-yildagi hulosasi, tergovga qadar tekshiruvda toʻplangan ish xujjatlari inobatga olinib, gumon qilinuvchi Z.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 4-qismi, 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

“Tergovning har tomonlama toʻla va xolisona oʻtkazilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan nazoratga olindi”, — deya qoʻshimcha qilinadi.

Eslatib o’tamiz, Oʻtgan haftada Toshkent shahrining Mirzo-Ulugʻbek tumanida yetti yoshli qizchaga tegajogʻlik qilganligi haqida xabar berilib, ushbu erkak boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (14 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy ehtiyojlarni gʻayritabiiy shaklda majburlab qondirish) boʻyicha ayblangan. Ayblovga ko’ra, erkak Tergov jarayonida u voyaga yetmaganlarga nisbatan utyasiz hatti-harakatlar qilgani uchun avval ham jinoiy javobgarlikka tortilganligi maʼlum boʻldi (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi). Oʻshanda u bir yil qamoq jazosini olgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.