Boksyor Bahodir Jalolov haqida film suratga olinmoqda

Boksyor Bahodir Jalolov haqida film suratga olinmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan “Yengilmas. Tokioga yo‘l” filmi bo‘yicha videorolik e’lon qilindi. Kinokartinaning suratga olish ishlari davom etmoqda.

“Yengilmas. Tokioga yoʻl” deb nomlangan filmdan dastlabki videorolik eʼlon qilindi.

Filmda Tokioda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida gʻalabaga erishgan Bahodir Jalolovning yutuqlari haqida hikoya qilinadi.

Film ssenariysi Sergey Kuzmenix, Nurillo Narzullayev va Sultonbek Abbosov tomonidan yozilgan. Bosh rolni Ulug‘bek Qodirov ijro etmoqda.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.