Ziroat Mirziyoyeva Gʻazo sektorida oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi

Ziroat Mirziyoyeva Gʻazo sektorida oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi

Oʻzbekistonning Birinchi xonimi Gʻazo sektorida oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi

Oʻzbekiston xalqi Falastinning tinch aholisi boshiga tushgan kulfat va qaygʻu-alamlarni yurakdan oʻtkazmoqda, dedi Oʻzbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Istanbuldagi sammitda.

Birinchi xonim har ikki tomonni ham zudlik bilan oʻt ochish va jangovar harakatlarni toʻxtatishga, tang ahvolda qolgan aholiga gumanitar yordam yetkazish uchun imkoniyat yaratishga, nizoni faqatgina tinch, diplomatiya yoʻli bilan “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etishga chaqirib, Oʻzbekistonning bu boradagi qatʼiy pozitsiyasini yana bir bor bildirdi.

Oʻzbekiston Falastin xalqi bilan birdam va yakdil ekani, uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq oʻz mustaqil davlatini barpo etishga boʻlgan huquqini toʻliq qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlandi.

Sammit yakunida davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining Gʻazo sektori boʻyicha yigʻilishi Yaxshi niyat deklaratsiyasi qabul qilindi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.