Andijonlik oʻqituvchi oʻz maoshidan aʼlochi oʻquvchilariga stipendiya berdi

Andijonlik oʻqituvchi oʻz maoshidan aʼlochi oʻquvchilariga stipendiya berdi

Andijonlik oʻqituvchi oʻz maoshidan aʼlochi oʻquvchilariga stipendiya berdi.

“Oʻquvchilarim koʻzidagi quvonch olayotgan maoshimdan koʻra koʻproq huzur beradi”, – deydi Marhamat tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Yorqinoy Mamatisaqova.

Yorqinoy opa 30 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan dars berib keladi.

Ushbu fidoyi pedagog 1-chorak yakuni boʻyicha 4 nafar aʼlochi oʻquvchisini aniqlab, sinf rahbarligi uchun toʻlanayotgan maoshidan “Ustoz stipendiyasi” berishni yoʻlga qoʻydi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.