Kaltaklangan kollej direktori o’rinbosari yuzasidan bayonot berildi

Kecha saytimizda «Obuna rejasini bajarmagan direktor kaltaklandi» sarlavhali maqolada Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanidagi Pedagogika kollejining zimmasiga bu yil gazeta va jurnallar uchun qariyb 24 mln soʻm obuna rejasi qoʻyilganligi haqida xabar bergan edik. Bugun Vazirlik hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda keltirilishicha, voqea Bag‘dod tumani hokimligi yig‘ilishida sodir bo‘lgan.

“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi professional taʼlim tizimiga masʼul sifatida holatni tashvishli deb baholaydi va keskin qoralaydi. Vazirlik hokim oʻrinbosarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi va bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun zarur choralar koʻrilishi kerak deb hisoblaydi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.