O’zbekiston U-17 ga yarim final «tekin»ga tushadigan ko’rinadi

O’zbekiston U-17 ga yarim final «tekin»ga tushadigan ko’rinadi

Oʻzbekiston U-17 jamoasi toʻgʻridan-toʻgʻri yarim finalga yoʻl olishi mumkin.

OAVda tarqalgan xabarlarga koʻra, Oʻzbekistonning chorak finaldagi raqibi Fransiya diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Sababi Fransiya U-17 jamoasida toʻp surgan Yanis Isuffu oʻtgan yil Afrika kubogida Niger termasida oʻynagan. Bu musobaqa esa JCHning saralash bosqichi hisoblanadi.

FIFA qoidalarida bir futbolchi bitta turnir doirasida 2 jamoada oʻynashi taqiqlangan… Shunday ekan fransuzlarga magʻlub boʻlgan jamoa shikoyat qilsa, ish diskvalifikatsiya bilan tugashi mumkin.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.