Toshkentda o’quvchi tok urishidan vafot etganmi?

Toshkentda o’quvchi tok urishidan vafot etganmi?

Toshkentda 8-sinf oʻquvchisining vafot etganiga tok urishi sabab boʻlgan — Bosh prokuratura. 

Aniqlanishicha, joriy yilning 27-noyabr kuni soat taxminan 18:15 atrofida Mirzo-Ulugʻbek tumani, 99-sonli umumtaʼlim maktabi 8-I sinf oʻquvchisi, 2009-yilda tugʻilgan A.A. shu maktab hovlisida sport maydonidan chiqib ketayotgan vaqtida boshi bilan yiqilib, ogʻzi koʻpirib, biroz titrab soʻng xushidan ketgan.

Maktab xodimlari tomonidan zudlik bilan tez tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qilingan, oradan taxminan 15 daqiqa oʻtganidan soʻng u tez tibbiy yordam bilan 15-sonli Kardiologiya markaziga olib ketilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan A.A. shifoxonada vafot etgan.

STEnnii dastlabki xulosasiga koʻra, A.A.ning oʻlimi
“Elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, oʻtkir nafas yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va oʻpka shishi, chap qoʻl kaft sohasi elektr tamgʻasi” natijasida yuz bergan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasiga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.