Surxonda Yangi yil arafasida bodom gulladi

Surxonda Yangi yil arafasida bodom gulladi

Yangi yil arafasida Surxondaryoda bodom gulladi. Surxondaryoda so’nggi kunlarda kuzatilayotgan iliq havo ta’sirida viloyatning Boysun tumanida bodom daraxti gullashi kuzatildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Qish faslining bu vaqtida bodomning uyg‘onishi hali oldinda turgan sovuqlar ta’sirida nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli bog‘bonlarimiz daraxtlarning erta uyg‘onishini oldini olish, sovuq urushidan asrash maqsadida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim bo‘ladi.

Jumladan, mutaxassislar bodomning erta uyg‘onishi va gulini sovuq urmasligi uchun kuz fasli va fevral oyida ohakka soz tuproq qo‘shib oqlashni tavsiya etadi. Oq rang quyosh nurining tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushish darajasini pasaytiradi. Buning natijasida daraxt kechroq uyg‘onadi va gulini sovuq urushi kamayadi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.