Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

Surxondaryo viloyatida 2024-yil 1-yanvarning ilk daqiqalarida uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Hozirda ona va bolalarning sog‘lig’i normal holatda bo‘lib, ular shifokorlarning doimiy nazoratida”, — deyiladi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat 1-sonli perinatal markazida yangi yil boshlanishining ilk daqiqalarida tug‘ilgan uch egizaklar va ularning onasiga viloyat hokimining sovg‘alari hamda bayram tabriklari yetkazilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.