Toshkent havosi ifloslanishi JSST tavsiyalaridan 18,7 barobar ko‘p

Toshkent havosi ifloslanishi JSST tavsiyalaridan 18,7 barobar ko‘p

Toshkent havosidagi PM2,5 dispersli zarrachalarining miqdori 3-yanvar kuni soat 08:00 holatiga ko‘ra, (0,001 dan 2,5 mikrometrgacha) 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi — bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 18,7 barobar ko‘p. Bu haqda “O‘zgidromet” avtomatik havo monitoringi stansiyalari ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

Tongda soat 04:00 da bu ko‘rsatkich “O‘zgidromet” hududida (Yunusobod tumani) 87,5 mkg/m3 ni tashkil qilgan. 2-yanvar soat 20:00 da PM2,5 ko‘rsatkichi 38,7 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 7,7 baravar yuqori bo‘lgan, shu kuni soat 08:00 da – 45,9 mkg/m3 ni (9,1-marta) tashkil etgan.

Chorshanba kuni soat 08:00 da PM10 zarralarining tarkibi 112,2 mkg / m3 ni tashkil etgan, u SanEQvaN 0293−11 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmagan.

Uglerod oksidi CO (avtomobillar va sanoat korxonalari chiqindilari) 1,9 mg/m3 ni tashkil etgan, bu ham SanEQvaN 0293−11 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmagan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.