2023-yilda qaysi oyda qancha chaqaloq tugʻildi?

2023-yilda qaysi oyda qancha chaqaloq tugʻildi?

2023-yilda qaysi oyda qancha chaqaloq tugʻildi?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonda 887 424 nafar tirik tugʻilish qayd etilgan.

2023-yilning 11 oyida oylar kesimida qayd etilgan tugʻilishlar soni:

yanvarda – 76 211 nafar;
fevralda – 64 879 nafar;
martda  – 73 948 nafar;
aprelda – 65 787 nafar;
mayda – 81 138 nafar;
iyunda – 72 609 nafar;
iyulda – 95 374 nafar;
avgustda – 97 310 nafar;
sentyabrda – 89 629 nafar;
oktyabrda – 90 451 nafar;
noyabrda – 80 088 nafar.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.