Payariqlik fermer 12 sutkaga qamaldi

Payariqlik fermer 12 sutkaga qamaldi
Foto: bugun.uz Telegram sahifasi

Payariqlik fermer Oybek Tuvalov 12 sutkaga qamaldi

“Muxammad Oybek dalasi” fermer xoʻjaligi raisi Oybek Tuvalov 28-dekabr kuni Telegramʻdagi “Payariq tumani fermerlari” guruhida tumandagi klasterlar paxta hosili pullarini bermayotganidan norozi boʻlib, boshqa fermerlarni 30-31-dekabr kuni Chelak shahrida joylashgan “PAYARIQ KLASTER” binosi oldida toʻplab, janjal uyushtirishga chaqiradi. Bu haqda bugun.uz sayti xabar berdi.

Shuningdek, Oybek Tuvalov guruhda “Bizga panqilloq boʻlmaydi, bizga klasterga qoʻllashimiz uchun juda kuchli portlovchi modda kerak” hamda “Ayniqsa Payariq ʻYangiyer klasterʻ boshliqlari almashib fermerlarga juda koʻp tashvish keltirayapti, fermerlar ulardan kuchli norozi. Jang boʻlishi kutilayapti” deb qator daʼvat postlarini joylashtirgan. Tuman IIB qonunga zid boʻlgan daʼvatlar boʻyicha hujjat toʻplab, ularni Payariq tumani sudiga yuborgan.

Sud 4-yanvar kuni Oybek Tuvalovni ruxsat etilmagan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar oʻtkazish uchun sharoitlar yaratishda aybli deb topib, unga nisbatan 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.