Nukusda noma’lum moddadan zaharlanganlarning biri Qoraqalpog’iston davlat universiteti talabasi bo’lganligini aytilmoqda

Nukusda noma’lum moddadan zaharlanganlarning biri Qoraqalpog’iston davlat universiteti talabasi bo’lganligini aytilmoqda
Foto: yandex.ru

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida nomaʼlum moddadan zaharlanganlarning ikkisi ham vafot etgani aytilmoqda.

Shahar hokimining 6-yanvarda qabul qilingan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qarorida baxtsiz hodisa oqibatida bir kishi vafot etgani aytilgan. Keltirilishicha, 29-dekabr kuni Nukus shahri 23-kichik tumani, 1/39-uyda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro “nomaʼlum etiologiyali modda” ta’sirida zaharlanib, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yotqizilgan. Natijada 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Xo’sh ular kim va qayerdan?

Bu savolga Bugun.uz saytida e’lon qilingan xabarda ularning biri Qoraqalpog’iston davlat Universiteti talabasi ekanligi aytilgan.

“Bugun.uz”ning xabar berishicha, yigitlarning yaqin kishisi ularning ikkisi ham vafot etganini, ulardan birining tirik qolgani yolg‘on ekanini maʼlum qilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.