Bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga oʻtkazildi

Bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga oʻtkazildi

2024-yil 1-yanvardan boshlab bolalar uylari, mehribonlik uylari, bolalarni himoya qilish shoʻbalari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga oʻtkazildi. Bu Prezidentning “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan amalga oshirildi.

Shu paytga qadar Bolalar uylari Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida, Mehribonlik uylari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida, Bolalarni himoya qilish shoʻbalari hamda oilaviy bolalar uylari esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida boʻlgan.

Eslatib o’tamiz, 2024-yil 1-yanvardan boshlab bir qator ijtimoiy toʻlovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkazilganligi haqida xabar bergandik.

Javohir XAYRULLAYEV

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.