“Padarkush” bu oʻzbek xalqining madaniy hayotida ulkan voqea

“Padarkush” bu oʻzbek xalqining madaniy hayotida ulkan voqea

1914-yil 15-yanvar – Samarqanddagi Xalq uyida “Padarkush” spektakli birinchi marta namoyish etildi.

Adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimovning qayd etishicha, bu oʻzbek xalqining madaniy hayotida ulkan voqea boʻldi.

Shu kuni oʻzbek milliy teatri dunyoga keldi. Behbudiy birinchi oʻzbek dramasining muallifigina boʻlib qolmay, uni sahnalashtirishda ikkinchi rejissyor sifatida ham ishtirok etdi.

Asarda oʻqimagan bolaning padarkushga – otasining qotiliga aylanish jarayoni tasvirlanar ekan, Behbudiy ilm-fanning shaxsning qanday inson boʻlib shakllanishidagi rolini koʻrsatib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.