Iqtisodiy kompleksdagi oʻrinbosarlar soni 15% ga qisqartiriladi

Iqtisodiy kompleksdagi oʻrinbosarlar soni 15% ga qisqartiriladi

Bu haqda prezident iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.

Taʼkidlanishicha, Iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar oʻrinbosarlari bor. Lekin ular mudrab oʻtiribdi.

Shuningdek, iqtisodiy kompleks rahbarlariga samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) joriy etiladi.

Ushbu rahbarlar bir hafta muddatda xalqqa murojaat qilib, rejalarini oddiy tilda tushuntiradi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.