Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi vaqti ma’lum bo’ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi vaqti ma’lum bo’ldi

Superog‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi, hamyurtimiz Bahodir Jalolovning navbatdagi jangiga oid tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

Jalolov 17 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga chiqishi kutilmoqda. Hozircha Bahodirning raqibi noma’lumligicha turibdi. Tez orada bu borada rasmiy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.