O’tgan yilda qaysi bokschimiz xalqaro reytingda ko’tarildi?

O’tgan yilda qaysi bokschimiz xalqaro reytingda ko’tarildi?

WBC yanvar oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Unda hamyurtlarimizning reyting natijalari ham qayd etildi.

Yarimengil vazn toifasidagi bokschimiz Otabek Xolmatov bu safar WBC reytingiga kiritilmadi. Bu katta ehtimol bilan uning boshqa yoʻnalishda daʼvogar ekani bilan bogʻliq, deyilmoqda O’zbekiston porfessional boks federatsiyasi Telegram sahifasida.

Shu tariqa, reytingda 8 nafar bokschimiz qoldi. Superogʻir vazn: Bahodir Jalolov 2 pogʻona yuqoriladi va 13-oʻringa joylashdi.

Superoʻrta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqoʻziyev 13-oʻrin. Superyarim oʻrta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-oʻrin.

Yarimoʻrta vazn (66,6 kg): Shahram Gʻiyosov 1 pogʻona koʻtarilib 14-oʻrinni egallagan boʻlsa; Jahongir Rasulov 31-oʻrinda qoldi.

Superengil vazn (63,5 kg): Botir Ahmedov 2 pogʻona pastlab 35-oʻringa joylashdi;

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-oʻrin;

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.