Abror Muxtor Aliy Munisa Rizayevaning arizasi sabab qo’lga olindimi?

Abror Muxtor Aliy Munisa Rizayevaning arizasi sabab qo’lga olindimi?

Abror Muxtor Aliyning qo‘lga olinishiga Munisa Rizayevaning arizasi sabab bo‘lganligi aytilmoqda.

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin diniy bloger Abror Abduazimovnni ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun sud qilingani haqida xabar bergan edik.

Diniy bloger Abror Muxtor Aliyning (Abror Abduazimov) qo‘lga olinishiga xonanda Munisa Rizayevaning shikoyat arizasi sabab bo‘lgan. Tergov hujjatlariga ko‘ra, Abror Abduazimov ijtimoiy tarmoqlar orqali 1725 nafar shaxsga nisbatan haqarotomuz izohlar yozgan. Shuningdek, u o‘zining video chiqishlari orqali 161 marta so‘kingan. Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Eslatib o’tamiz, diniy bloger Abror Abduazimov ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun sud qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 va 195-moddalarini buzgan deb topgan. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Biroq u qamoq xarajatlaridan ozod qilingan.
Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.