«Open budget»ga ovoz yig’ishga majburlagan hokim o’rinbosari jarimaga tortildi

«Open budget»ga ovoz yig’ishga majburlagan hokim o’rinbosari jarimaga tortildi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamovga tegishli deya aytilayotgan tashkilot rahbarlariga “Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang, hammangni yo‘qotaman”, deya tahdid audio bo’yicha Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiyasi nazoratga olganni haqida xabar bergan edik.

Senatning xabar berishicha, Qiziltepa tumani hokimining yoshlar va ijtimoiy rivojlantirish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan “Open Budget” dasturi doirasida tashkilot rahbarlarining xizmat vazifalariga kirmaydigan tashabbusli budjet loyihasiga ovoz yig‘ishga targ‘ib qilganligi va majburan jalb qilganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura hamda Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda hokim o‘rinbosarining harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda mansabdor shaxsga nisbatan MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

 

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.