Bugun qardosh xalq yetakchisi Qosim-Joʻmart Toʻqayevning tavallud kuni

Bugun qardosh xalq yetakchisi Qosim-Joʻmart Toʻqayevning tavallud kuni

Qosim-Jomart Kemelevich Tokaev. Uning millati qozoq. Toqaev 1953-yil 17-mayda  Olma-Otada tug’ilgan. Qozoq davlat va siyosiy arbobi hisoblanadi. 2019-yil 20-martdan beri Qozog‘iston Respublikasining amaldagi Prezidenti va Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni sifatida faoliyat olib bormoqda. 2022-yil 5-yanvardan Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi raisi vazifasini ham bajaradi.

Prezidentlikka saylovlarda

2019-yil 9-iyun kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida u 70,96% ovoz toʻplab, gʻalaba qozonadi.

2022-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Tokayev 81,31 foiz ovoz bilan yana qayta g‘alaba qozondi.

Qosim-Jomart Toqayev 2019-yilning 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

Toqayev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyev bilan aloqalari haqida gapirdi:

“Shavkat Miromonovich meni Qozog‘iston Prezidentligi lavozimiga kirishganim munosabati bilan birinchi bo‘lib tabriklagan davlat rahbarlaridan. Unga samimiy so‘zlari uchun chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman. Elboshimiz sha’niga aytilgan ezgu tilaklarni ham O‘zbekiston rahbarining bizning yurtimizga yuksak ehtiromi ifodasi deb bilaman.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.