Farg’ona shahrida sodir bo’lgan yong’in yuzasidan qo’shimcha ma’lumot

Farg’ona shahrida sodir bo’lgan yong’in yuzasidan qo’shimcha ma’lumot

2024-yil 17-dekabr kuni soat 13:43da Fargʻona shahar, “Yangi yoʻl” MFY, A.Yassaviy koʻchasida joylashgan, koʻp yoqilgʻili AYOQSH va AGQSH shahobchasida suyultirilgan gaz to’kish vaqtida texnalogik jarayonlarni buzilishi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida chaqnash sodir bo’lgan undan so’ng yong’in yuzaga kelgan.

Yongʻinga yong’in-qutqaruvchilar 13:47 da yetib borib, 14:02 da oʻrab olinib, 14:12 da yong’in batamom oʻchirilgan.

Yong’in natijasida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 8 nafar fuqarolar tibbiyot xodimlari nazoratida.

Farg’ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlar, hokimlik, mutasaddi vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlari zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda yong’in oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil etildi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.