Yomgʻir sababli «balkoni» qulagan «dom» sabablari maʼlum boʻldi

Yomgʻir sababli «balkoni» qulagan «dom» sabablari maʼlum boʻldi

Kecha, 2 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi sababli ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan 1963-yilda qurilgan 59-uyning 17-19-xonadonlari balkon qismi qulab tushgani haqidagi xabar tarqaldi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, holat zudlik bilan hokimlik, tuman FVB qutqaruvchilari va Toshkent shahar hududiy uy-joy fondini nazorat qilish inspeksiyasi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.