▪️Prezidentning «Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.
▪️Farmonga ko‘ra, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalar tashkil etiladi. 2027 yildan boshlab ijodiy birlashmaning yil davomida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ijodkorlariga har oyda 5 million so‘m miqdorida gonorar to‘lanadi.
▪️«Ijodga investisiya» davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi. Unga 2026 yil 1 iyulga qadar respublika byudjeti hisobidan 200 milliard so‘m ajratiladi.
▪️2026 yil 1 sentyabrdan boshlab madaniyat, san’at va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
▫️Gran-pri va 1-o‘rin g‘olibi – xalqaro tanlov bo‘yicha 300 million so‘m, respublika tanlovi bo‘yicha 100 million so‘m miqdorida;
▫️2-o‘rin sohibi – xalqaro tanlov bo‘yicha 200 million so‘m, respublika tanlovi bo‘yicha – 50 million so‘m miqdorida;
▫️3-o‘rin sohibi – xalqaro tanlov bo‘yicha 100 million so‘m, respublika tanlovi bo‘yicha 25 million so‘m miqdorida.
