AQSH Afgʻonistonga qarshi sanksiyalarni zudlik bilan bekor qilishi kerak

AQSH Afgʻonistonga qarshi sanksiyalarni zudlik bilan bekor qilishi kerak

Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar TIV rahbarlari Samarqandda qanday bayonotlar berdi:

Oʻzbekiston TIV: “Afgʻonistondagi vaziyat ogʻirligicha qolmoqda. Ishonchimiz komilki, afgʻon muammosi yaqin kelajakda ham koʻplab davlatlar manfaatlariga daxl qilib, mintaqaviy va global xavfsizlikning asosiy omillaridan biri boʻlib qoladi. Bu, birinchi navbatda, bizga, qoʻshni davlatlarga taalluqli”.

Xitoy TIV: “Biz Qoʻshma Shtatlar va boshqa Gʻarb davlatlari Afgʻonistonga nisbatan qoʻllanilgan bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishlari kerakligini taʼkidlaymiz. Afgʻoniston hamkorlik uchun yangi platformaga aylanishi kerak”.

Eron TIV: “AQSH Afgʻonistonni bosib olgan 20 yil davomida narkotik muammosi nafaqat hal etilmadi, balki, Afgʻonistonda giyohvand moddalarni yetishtirish va kontrabanda qilish hajmi bir necha barobar oshdi. Bu qora bozorni kengaytirishda Gʻarb davlatlari mafiya tarmoqlarining oʻrni yaqqol koʻrinib turibdi.

Eron terrorizm va ekstremizm muammosi, shuningdek, AQSHning Afgʻonistonda terrorizm uzluksiz rivojlanishi va xavfsizlikning yoʻqolishiga olib kelayotgan notoʻgʻri siyosatidan xavotirda”.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.