Turkiyada prezidentlik saylovlari qayta o’tkaziladimi?

Turkiyada prezidentlik saylovlari qayta o’tkaziladimi?

Xabaringiz bor, kecha qardosh xalqimiz Turkiyada prezidentlik saylovlari bo’lib o’tdi. Unda nomzodlar o’rtasida kuchli raqobat ketdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, Turkiyada byulletenlarning 99,97 foizi qayta ishlandi.

Ochilgan saylov qutilari natijalari: 96,15%

🟧 Rajab Toyib Erdo‘g’an: 49.44%
⬜️Muhar Muharrem Inje: 0.44%
🟥 Kamol Qilichdoro‘g‘li: 44,86%
🟦 Sinan Og‘un: 5.26%

Endi Turkiyaning amaldagi qonunchiligiga ko’ra, 50 % dan kam natija qayd etilsa, qayta saylov bo’ladi. Yuqori ehtimollik bilan saylovning ikkinchi bosqichi bo’lib o’tishi mumkin.

Erdo‘g‘on taxminiy ravishda 49 foizdan sal ko‘proq, Kilichdarog‘lu esa 45 foiz ovoz to‘pladi. Shu bilan birga, Erdo‘g‘on 51 viloyatda, Qilichdoro‘g‘li esa 30 viloyatda yetakchilik qilmoqda.

Qizig‘i shundaki, Anqara va Istanbul Qilichdoro‘g‘li uchun kamida bir yarim-ikki foizlik farq bilan ovoz bergan.

Eslatib o’tamiz, prezidentlik saylovining qayta o’tkazilishi haqida halicha rasmiy xabar berilganicha yo’q.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.