O‘zbekiston sobiq prezidentining o‘g‘li Krasnogorskda hibsga olindi.
O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Krasnogorskda xotinini kaltaklaganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda 16-may, seshanba kuni ma’lum bo‘ldi.
“Izvestiya” xabariga ko‘ra, voqea Podmoskovniy bulvaridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Asosiy versiyaga ko‘ra, Karimov rafiqasi Yuliya Smetankina bilan janjal paytida uni bir necha marta urgan. Qo‘shnilar ikki marta militsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan, Karimov esa ikkinchi marta qo‘lga olingan.
Hozir u ozodlikka chiqarilgan. U gumon ostida.
Manbaga ko‘ra, Yuliya olgan jarohatlaridan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan. Kasalxonada unga qorin bo‘shlig‘ining to‘mtoq jarohati, miya chayqalishi va qon ketishi tashxisi qo‘yilgan.
Avvalroq Rossiyaning Pokistondagi elchisining sobiq o‘rinbosari Aleksandr Berezyukning o‘g‘li 22 yoshli qizni o‘ldirishda ayblanayotgani xabar qilingandi. Surishtiruv jarayonida u ham jinoyatga iqror bo‘ldi. Qiz 12 may kuni Solnechnogorsk shahridagi turar-joy binosi kiraverishida topilgan. U bir nechta pichoq jarohatlarini olgan va qon yo’qotishdan vafot etgan. Ayni paytda ayblanuvchi hibsga olingan.