Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti Rossiyadan kapital va kompaniyalar oqimi evaziga o‘sib bormoqda, deb yozadi Bloomberg.
YeTTB bosh iqtisodchisi Beata Javorchikning so‘zlariga ko‘ra, hozir Qozog‘istondagi 15 mingga yaqin korxona Rossiya kapitaliga ega, bu bir yil avvalgiga qaraganda ikki baravar ko‘p.
Qirg‘izistonda ham shunday o‘sish kuzatilmoqda.
YeTTB prognozlariga ko‘ra, joriy yilda Qozog‘iston iqtisodiyoti 3,9 foizga o‘sadi.
Qirg‘iziston – 7 foizga.